Image
Yuklanmoqda
Image
2021-03-23

Turkiya qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʼi, armiya generali Yashar Guler rahbarligidagi delegatsiya Oʼzbekistonga tashrifi

Tashrif avvalida Turkiya delegatsiyasi rahbari Oʼzbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbariyati bilan uchrashib, ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Turkiya delegatsiyasi vakillari tashrif davomida Poytaxtimizdagi “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasida boʼlib, mazkur maskan faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushi davrida Oʼzbekistonlik vatandoshlarimizning tinchlikni asrash yoʼlida koʼrsatgan matonati va jasoratini oʼzida aks etgan noyob eksponat va ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishib, oʼzlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi. Shundan soʼng, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi tashrif buyuruvchi oliy darajadagi faxriy mehmonlarning dil izhorlarini bitish kitobiga oʼzlarining iliq taasurotlarini yozib qoldirishdi.

Bundan tashqari, mazkur tashrif doirasida Samarqand shahridagi tarixiy obidalar bilan tanishish hamda “Termiz” poligonida oʼtkazilayotgan oʼzbek—turk qoʼshma taktik oʼquvlarini kuzatishi rejalashtirilgan.